IQTISODIY AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH JARAYONIDA BIZNES TAHLIL QILISH
Abstract
Iqtisodiy axborot tizimi - bu professional faoliyatda axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan texnik dasturiy va tashkiliy chora tadbirlar majmui. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi kasbi faoliyat jarayonida ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ba’zi axborot texnologiyalarini joriy qilishni ta’minlaydi. Iqtisodiy obyektni boshqarish samaradorligi va sifatini oshirish, shuningdek korxonaning iqtisodiy faoliyatini tahlil qilish uchun iqtisodiy axborotni tayyorlash, olish, qayta ishlash, uzatish, hisobga olish, nazorat qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan keng qamrovli axborot tizimini yaratish kerak. Kurs loyihasining maqsadi – iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini avtomatlashtirish. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish talab etiladi: