KAM SUV TALABCHAN SEMENTLARNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Abstract
Bog’lovchi tarkibiga vulqon shlaklarini oddiy qo’shish har qanday sement-vulqon shlaki nisbatida (50%gacha) dastlabki qotish vaqtida kontrol namunaning mustahkamligiga nisbatan past bo’ladi va 90 kundan boshlab tarkibida 20% gacha bo’lgan vulqon shlaki bo’lgan bog’lovchi kontrol namunaning mustahkamligiga erishadi. Harakatlanuvchanligi bir xil bo’lgan beton qorishmalarida plastifikatordan foydalanib, suv miqdorini pasaytirib tayyorlangan namunalarning mustahkamligi qo’shimchasiz namunalarning mustahkamligiga nisbatan 10-34 foyizga yuqori bo’lishiga erishilgan.