AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA YOSHLAR EHTIYOJ VA MANFAATLARINI TA’MINLASH MASALASIGA DOIR
Keywords:
axborot, jamiyat, shaxs, ehtiyoj, manfaat, maqsad, ilm-fan, taraqqiyot, globallashuv, qadriyat, tafakkur, zaruriyatAbstract
Jahonda globallashuv va axborotlashuv asri ijtimoiy unifikasiya jarayonlarini tezlashtirib yubormoqda. Shu bilan birga hal qiluvchi omillari axborot va bilim bo‘lgan axborotlashgan jamiyatning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Axborotlashgan jamiyat mehnat tejamkorligini oshirish bilan birga, faqat moddiy manfaat va ehtiyojlarini qondirishga intiladigan, milliy qiyofasini yo‘qotgan, o‘z maqsadi yo‘lida har qanday g‘oyani qo‘llashga tayyor avlodni paydo bo‘lishiga asos bo‘lmoqda. Ijtimoiy faoliyatda ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini to‘g‘ri anglamaydigan, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarini mushtarak ko‘rmaydigan yoshlarni birdamlik va hamjihatlik ruhida tarbiyalash masalalari zaruratga aylanmoqda. Natijada, dunyoda yoshlar ijtimoiy faoliyatida ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashning falsafiy jihatlarini tadqiq etish ham dolzarblik kasb etmoqda.