Milliy G`Urur Va Iftixor Tuyg`Ularini Yoshlar Ongiga Singdirishda Innovatsion G‘Oyalar Va Qarashlar
Keywords:
milliy g’oya, ma’naviy qadriyat, or-nomus, mafkura, texnologiya, targ’ibot, madaniyatAbstract
Millatning rivojlanishida milliy g’oya beqiyos ahamiyatga ega. Shu boisdan, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy g’oya asosida yoshlarning ongi, qalbi va ichki dunyosiga milliy g’oyani innovatsion texnologiyalar asosida singdirish, ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni yanada shakllantirish – o’ta sharafli vazifaga aylanmog’i lozim. Shundagina biz istiqbolda ma’naviy barkamol insonni, sog’lom avlodni tarbiyalashga erishamiz. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma’naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar.