ME’YORIDAN KO‘P OVQATLANISHNING ORGANIZM ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Keywords:
Ovqatlanish, sog’lom turmush tarzi, semizlik, somatometrik va fiziometrik ko‘rsatkichlar, yurak va qon-tomir kasalliklari.Abstract
Maqolada shahar sharoitida istiqomat qiladigan tana vazni ortiqcha bo’lgan
aholining somatometrik va fiziometrik ko‘rsatkichlari o’rganildi hamda ushbu ko’rsatkichlar me’yorga
solishtirildi. Ko’rsatkichlarning organizmga ko’rsatadigan salbiy ta’siri asoslandi. Shunga muvofiq,
tana vazni ortiqcha bo’lgan shahar aholisining tana massasi, bo‘y uzunligi, ko‘krak qafasi kengligi,
ko‘krak qafasi ekskursiyasi (somatometrik ko‘rsatkichlar), qon bosimi (maksimal va minimal), puls
bosimi va yurak urish chastotasi aniqlanib, me’yor ko‘rsatkichlari bilan solishtirib o‘rganildi.