Ekologik Soliq Islohotlari Istiqbollari

Authors

  • Рахимов Афзалбек Қудрат ўғли Фискал институт мустақил тадқиқотчиси

Keywords:

-

Abstract

Ushbu maqolada soliq tizimini qanday qilib ekologik yo`naltirish mumkinligi va bu jarayonda nimalarga e’tibor qaratish zarurligi ko`rib chiqildi. Xususan, ekologik soliqlar ichida eng keng tarqalgan, uglerod solig`ini amaliyotga tadbiq qilishdagi e’tiborga molik jihatlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, uglerod solig`ining qanday ishlashi, uning iqtisodiyotning boshqa jabhalariga ta’siri qandayligi, ushbu soliqni loyihalashdagi muhim omillar maqolada yoritib berildi. Hozirgi kunga kelib atrof-muhit o`zgarishidan eng ko`p zarar ko`rayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq tizimini qanday qilib ekologik yo`naltirish mumkinligi borasidagi fikrlar maqola so`nggida keltirilgan.

Downloads

Published

2022-08-23

How to Cite

Қудрат ўғли, Р. А. (2022). Ekologik Soliq Islohotlari Istiqbollari. Miasto Przyszłości, 26, 116–121. Retrieved from http://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/445