Informatika Darslarida Interaktiv Darslarni Tashkil Etish Ahamiyati
Keywords:
Informatika, interaktiv darslar, zamonaviy texnologiyalar, o‘quvchilarning bilim darajasi, ijodiy yondashuv, ta'lim samaradorligiAbstract
Informatika fanini o‘qitishda interaktiv darslarni tashkil etishning ta'lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda. Ushbu maqolada interaktiv yondashuvlarning ta'lim samaradorligini oshirishdagi roli, o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishini kuchaytirish, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvlarini rivojlantirish hamda milliy ta'lim tizimida interaktiv darslarning keng qo‘llanilishi tahlil qilingan. Maqola informatika darslarida innovatsion texnologiyalar va interaktiv usullarni muvaffaqiyatli joriy etish tajribalariga asoslanib, bu jarayonning ilmiy-pedagogik asoslarini chuqur yoritishga qaratilgan.