Zamonaviy Mediamakon Va Harbiy Jurnalistikaning Undagi O‘Rni Va Ahamiyati

Authors

  • Irgashev Toxir Anvarovich Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy unversiteti, Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi o‘qituvchisi

Keywords:

harbiy jurnalistika, media, armiya, mudofaa, doktrina

Abstract

Bugun zamonaviy tahdidlar, xavfsizlikka qarshi qaratilgan xatarlar urush “qiyofasi”ni o‘zgartirib, harbiy harakatlar teatrining ta’sir ko‘lami mintaqa, jahon miqyosida kengaymoqda. Bu qaynoq nuqtalar, qizg‘in jarayonlar haqidagi axborotga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda. Urush va ziddiyatlar, qurolli to‘qnashuvlarda matbuotning, xususan harbiy OAVning axboriy va kommunikatsiyaviy manipulyatsiya borasidagi cheksiz imkoniyatlaridan samarali foydalangan tomonning qo‘li baland keladi, degan qarashlar shakllanayotgani va hayotda isbotini topayotgani natijasida masala yanada dolzarb xarakter kasb etyapti. Bu esa harbiy matbuotning media makondagi o‘rni va ahamiyati ortishiga sabab bo‘lib, yangi harbiy jurnalistika shakllanishi zaruratini keltirib chiqardi. Qadimda kechgan muhorabalarda axborotning kuchi qahramonlikni ulug‘lash, dushmanga yolg‘on ma’lumot orqali ta’sir etishda namoyon bo‘lsa, keng omma ongiga ta’sir qiluvchi media rivojlana boshlagan XIX asr boshiga kelib global matbuot va global konflikt negizida shakllanmoqda. Ya’ni harbiy matbuot urush va to‘qnashuvlarda tobora manipulyativ media sifatida namoyon bo‘lib, nazorat va boshqaruvchilik funksiyasi oldinga chiqdi. Media makondagi mana shunday zaruratning tadrijiy rivojlanishi sharoitidan kelib chiqib, mazkur maqolada harbiy jurnalistika oldida turgan dolzarb muammolarga e’tibor qaratiladi, harbiy jurnalist kasbiy faoliyatining huquqiy asoslari, shaxsiy xavfsizligi ta’minlanganligi, ziddiyatli vaziyatlarda axborot olish va tarqatish ko‘nikmalari еchimi borasida aniq takliflar beriladi. Ularning samarali hal etilishi jahon harbiy jurnalistikasida kechayotgan muhim jarayonlarga integratsiyalashuvimizni jadallashtirishga, yangi O‘zbekistonda mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish borasida ijtimoiy axborot sifati ortishiga xizmat qilishi bo‘yicha xulosalar chiqariladi.

Downloads

Published

2024-09-06

How to Cite

Anvarovich , I. T. . (2024). Zamonaviy Mediamakon Va Harbiy Jurnalistikaning Undagi O‘Rni Va Ahamiyati. Miasto Przyszłości, 52, 35–45. Retrieved from http://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4531