CHO‘LPON SHE’RIYATI TILIDA FRAZEMALARNING QO‘LLANILISHI
Keywords:
frazeologiya, ibora, dialektal frazeologiya, frazema.Abstract
Tilning lug‘aviy tarkibini o‘rganish tilshunoslikda doimo asosiy, yetakchi vazifa bo‘lib
kelgan. Chunki so‘z inson tafakkuridagi tushunchalarni ifoda qiluvchi, nomlovchi, yetakchi lisoniy
vositadir. Til amalida (nutqda) leksika va uning birliklari qanday muhim ahamiyat kasb etsa, unga
(leksikaga) emotsional-ekspressiv jabhada muqobillashuvchi frazeologik tizim va uning birliklari ham
ana shunday ahamiyatga ega bo‘ladi. Cho‘lpon she’riyati leksikasi juda keng bo‘lib, shoir o‘zbek
tilining lug‘aviy boyligini, uning imkoniyatlarini yorqin ifodalay olgan. Ishimizda Cho‘lpon ijodida
frazeologik birliklar alohida tahlilga tortildi. Cho‘lpon ijodida frazeologik tizimining shakllanishi va
boyishida boshqa tillardan o‘zlashgan lisoniy birliklarning ijobiy ta’siri cheksizdir