Malaka Oshirish Jarayonida Tarbiyachilarni Inklyuziv Faoliyatga Tayyorlashning Innovasion Usul, Shakl Va Texnologiyalari

Authors

  • Umarova Zuhra Madiyarbekovna MTTDMQTMOI katta o qituvchisi

Keywords:

inklyuziv taʻlim, ijtimoiylashuv, texnologiya, dizayner, motivator

Abstract

Zamonaviy taʻlim tizimida imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash alohida oʻrin tutadi. Soʻngi oʻn yillarda barcha yosh guruhlaridagi bolalarning salomatlik holatida doimiy salbiy tendensiyalar kuzatilmoqda. Patologiyaning ogʻir shakllari chastotasi ortib bormoqda, bu maʻlum darajada imkoniyati cheklangan bolalar sonining oshishiga yordam berdi. Imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga ijobiy integrasiyalashuv jarayoni hozirgi kunda murakkab bosqichlardan biridir. Taʻlim sohasidagi integrasion jarayonlarga qaramay, bunday bolalarni oʻqitish muammosi murakkabligicha qolib kelmoqda. Nogiron bolalar taʻlimida ustuvor yoʻnalish-bu barcha bolalarning turli ehtiyojlariga moslashish nuqtai nazaridan barcha uchun ta’limning mavjudligini nazarda tutadigan umumiy ta’limning bir qismi sifatida belgilangan inklyuziv taʻlimni joriy etishdir. Asosiy muammolardan biri pedagoglarni inklyuziv taʻlimda tarbiyalanuvchilar bilan ishlashga tayyorlash hisoblanadi. Amaliyotga jadal kirib kelayotgan inklyuziv taʻlim koʻplab murakkab savollar va yangi muammolarni tugʻdirmoqda. Boy tajribaga ega xorijiy taʻlim jarayonini oʻrganib jamiyatimizga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.

Downloads

Published

2024-09-14

How to Cite

Madiyarbekovna, U. Z. . (2024). Malaka Oshirish Jarayonida Tarbiyachilarni Inklyuziv Faoliyatga Tayyorlashning Innovasion Usul, Shakl Va Texnologiyalari. Miasto Przyszłości, 52, 255–264. Retrieved from http://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4587