Luqmon Bo‘Rixonning “Qo‘Noq” Hikoyasida Mifologik Qarashlar
Keywords:
hikoya, folklorizm, rivoyat, mifAbstract
Mazkur maqolada Luqmon Bo‘rixonning “Qo‘noq” hikoyasi misolida o‘zbek hikoyachiligining istiqlol davriga xos mifologik syujetlar va folklor unsurlarining badiiy ifodasi tahlil qilingan. Yozuvchi asar qahramonlariga ramziy ismlar tanlash orqali hayotning turli bosqichlarini va inson taqdirini aks ettiradi. Shuningdek, asarda safar motivi va umrning o‘tkinchiligi haqidagi mifologik qarashlar, o‘ziga xos ramzlar, fetishizm hamda animizm tushunchalari orqali yoritiladi. Hikoya insonning hayot va o‘lim orasidagi safarini falsafiy talqin etish orqali o‘quvchini chuqur o‘yga chorlaydi.