Harakatli O’yinlar Orqali Sport O’yinlari Elementlarini O’rgatish
Keywords:
Sog’lom turmush tarzi, jamoaviy o’yin, uzluksiz ta’lim tizimiAbstract
Maqola, harakatli o‘yinlar orqali sport o‘yinlari elementlarini o‘rgatish metodikasini yoritadi. Bu usul futbol kabi sport turlarining texnikasini shakllantirishda juda samarali hisoblanadi. O‘yinchilar futbol to‘pini olib yurish, uni aniq tepa olish, va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinlar nafaqat jismoniy sifatlarni rivojlantirish, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham o‘stiradi. O‘yin davomida futbol texnikasini yaxshilash bilan birga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarda sportga qiziqish uyg‘otish maqsad qilib qo‘yilgan. Shu bilan birga, o‘yinlar jamoaviy harakatlar va uyushqoqlikni mustahkamlashga yordam beradi.