Badiiy Asarlarda Emotsional-Ekspressiv Bo‘Yoqdorlikning Paydo Bo’lish Usullari
Keywords:
ekspressivlik, emotsionallik, leksik usulAbstract
Emotsional-ekspressivlik borasida ko’plab nazriyalar mavjud bo’lib, ular orasidan ushbu nazariyani alohida ta’kidlab o’tishimiz lozim: emotsionallik inson his‑tuyg‘ularini baholashni oʻz ichiga olsa, ekspressiya esa qoʻshimcha ma’lumotni aniqlovchi oʻziga xos yo‘nalishni vujudga keltiradi, ya’ni, ekspressiya mazmunga qoʻshimcha ma’no beradi. Ushbu maqolamiz orqali biz, ekspressiv-emotsional ma’no tilimizning leksik-semantik tizimining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanishini, neytral ma’noga qarama-qarshi ravishda uning uslubiy qatlamlanishini namoyish etishini ko’rib chiqamiz.