“Oshiqnoma” Turkum Dostonlari Tarkibida Qo‘Llangan Antroponimlarning Leksik–Semantik Xususiyatlari
Abstract
O‘zbek tilshunosligida hali mutlaqo o‘rganilmagan yoki juda kam o‘rganilgan, yechilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar anchagina. O‘zbek onomastikasi va ular zamirida hosil bo‘lgan atoqli otlar guruhini tarixiy-etnografik, struktural-semantik va tarkibiy etimologik jihatdan tadqiq qilish ana shunday dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Atoqli otlar tuzilishini o‘rganish o‘zbek tili tarixi, tarixiy leksikologiyasi va grammatikasining ba’zi muhim masalalarini hal qilishda, shuningdek, o‘zbek xalqining etnik kelib chiqishi, urug‘- qabila silsilasi urf-odatlari va uning boshqa xalqlar bilan bo‘lgan madaniy-iqtisodiy munosabatlarni yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.