Oila Jamiyatning Asosiy Bo’g’ini Hamda Oilada Farzandlar Tarbiyasi
Keywords:
Oila, ota-ona, farzand, ta’lim, tarbiya, ommaviy madaniyat, ma’naviyat, halollik, poklik, rostgo’ylik, sabr- toqatAbstract
Dunyoda ikki muqaddas narsa bor – u ham bo‘lsa, Ona va Vatan. Bizga naqadar aziz hamda qadrli bo‘lgan ana shu ikkala so‘z aslida yagona ma’noni, ya’ni Onani anglatadi. Qalbimiz to‘ridan mustahkam va munosib joy egallagan ushbu so‘zlarning o‘xshashligi tasodifiy hol emas. Dunyoda onadan-da e’zozli va ehtiromga loyiq inson, Vatandan aziz va qimmatli zamin yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo‘lsa, shundagina davlat tinch va barqaror ravnaq topishi mumkin. SHu jihatdan, oila qo‘rg‘onining mustahkamligi va unda ma’naviy jihatlarning shakllanishi hamda amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Binobarin, oila deb atalmish muqaddas makonda farzandlar kamolga yetadi, ulg‘ayadi.
Oila – tarbiya tizimidagi shunday bo’g’inki, butun jamiyatning, millatning bugungi va kelajak hayoti uni qanday tashkil etishiga, undagi mavjud ijtimoiy – ma’naviy muhitiga bog’liq. Yoshlarni milliy g’urur ruhida tarbiyalashda oila va mahallaning o’rni alohida ahamiyatga ega. Harqanday insonning asosiy xususiyatlari avvalo, oilada shakllanadi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov bu borada shunday degan “- oila qurish degani ikki inson o’rtasidagi shaxsiy munosabat emas, balki, jamiyatning asosini, aytish mumkinki, eng muhim bo’g’inini belgilaydigan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.”
Oila har bir jamiyatning asosiy negizi bo’lib, yoshlarimizda insonparvarlik, mehnat- sevarlik, axloqililik, vatanparvarlik va yuksak tuyg’ular, avvalo oila muhitida singadi, bu jarayonda ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi.