Maydon Tranzistorlarining Afzalligi Va Ularning O`Ziga Xos Xususiyatlari
Keywords:
tranzistor, emitter, kollektor, baza, maydon tranzistori, bipolyar unipolyar tranzistorlar, elektrod, elektrodanod, katodAbstract
Maydoniy tranzistor (MT) deb, tok kuchi qiymatini boshqarish uchun o’tkazuvchi kanaldagi elektr o’tkazuvchanlikni o’zgartirish hisobiga elektr maydon o’zgarishi bilan boshqariladigan yarim o’tkazgichli aktiv asbobga aytiladi. Maydoniy tranzistorlar turli elektr signallar va quvvatni kuchaytirish uchun mo’ljallangan. MT larda bipolyar tranzistorlardan farqli ravishda tok tashkil bo’lishida faqat bir turdagi zaryad tashuvchilar ishtirok etadi: yoki elektronlar, yoki kovaklar. MTlarda tok hosil bo‘lishida faqat bir turli — asosiy zaryad tashuvchilar (elektronlar yoki kovaklar) qatnashgani sababli ular ba’zan unipolyar tranzistorlar deb ataladi.
MTlarda :asosiy zaryad tashuvchilarni harakatlantiruvchi elektrod-istok ( tok manbai), asosiy zaryad tashuvchilar boradigan elektrod - stok, o'rtadagi boshqaruvchi elektrod esa - zatvor deyiladi.Istok bilan stok oralig'idagi qatlam kanal deyiladi.
Maydoniy tranzistorlarning asosiy parametrlari: xarakteristika tikligi S, differensial (ichki qarshiligi) , µ kuchaytirish koeffitsienti hisoblanadi.
Maydoniy tranzistorlarning bir necha afzalliklari:
- Katta kirish qarshiligiga ega. ( p-n o'tishli maydonli tranzistorlarda , zatvori izolyatsiyalangan maydonli tranzistorlarda bo'ladi.)
- Xususiy shovqin juda kam. Tok hosil qilishda faqat bitta turdagi zaryad tashuvchi ishtirok etadi, shuning uchun rekombinatsiya yo'q, rekombinatsiya shovqin yo'q.
- Harorat va radiatsiya ta'siriga chidamli.
Integral sxemalarda juda katta zichlikda tranzistorlar hosil qilinadi (integratsiya darajasi yuqori).