n-darajali oddiy differensial tenglamalar

Authors

  • Normurodova Ròzihol Uralovna Surxondaryo viloyati Sherobod tuman 2-son kasb-hunar maktab

Abstract

Differensial tenglamalar — nomaʼlum funksiyalar, ularning turli tartibli
hosilalari va erkli oʻzgaruvchilar ishtirok etgan tenglamalar. Bu tenglamalarda nomaʼlum funksiya i
orqali belgilangan boʻlib, birinchi ikkitasida i bitta erkli oʻzgaruvchi t ga, keyingilarida esa mos ravishda
x, t va x, u, z erkli oʻzgaruvchilarga bogʻliqdir. Differensial tenglama nazariyasi 17-asr oxirida
differensial va integral hisobning paydo boʻlishi bilan bir vaqtda rivojlana boshlagan. Differensial
tenglama matematikada, ayniqsa, uning tatbiklarida juda katta ahamiyatga ega. Fizika, mexanika,
iqtisodiyot, texnika va boshqa sohalarning turli masalalarini tekshirish differensial tenglamani yechishga
olib keladi. 2. Xususiy hosilali differensial tenglama Bu tenglamalarning oddiy differensial tenglamadan
farqli muhim xususiyati shundan iboratki, ularning barcha yechimlari toʻplami, yaʼni "umumiy yechimi"
ixtiyoriy oʻzgarmaslarga emas, balki ixtiyoriy funksiyalarga bogʻliq boʻladi; umuman, bu ixtiyoriy
funksiyalarning soni differensial tenglamaning tartibiga teng; ularning erkli oʻzgaruvchilari soni esa
izlanayotgan yechim oʻzgaruvchilari sonidan bitta kam boʻladi. Bir nomaʼlumli 1-tartibli xususiy
hosilali Differensial tenglamani yechish oddiy differensial tenglama sistemasini yechishga olib keladi.
Tartibi birdan yuqori boʻlgan xususiy hosilali differensial tenglama nazariyasida Koshi masalasi bilan
bir katorda turli chegaraviy masalalar tekshiriladi.

Downloads

Published

2023-10-14

How to Cite

Normurodova Ròzihol Uralovna. (2023). n-darajali oddiy differensial tenglamalar. Miasto Przyszłości, 40, 256–264. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/1807