VORISLIK HUQUQINING INGLIZ QONUNCHILIGIDA TARTIBGA SOLINISHI
Keywords:
Voris, mulk, mulkdor, huquq, vafot etgan shaxs, vasiyatnoma, meros, pensiya, nafaqaAbstract
Mulkdorning mulkiy huquqlari orasida tasarruf etish huquqi markaziy o'rinni egallaydi va mazkur huquq mulkdorning o'z vafotidan keyin unga tegishli bo'lgan mol-mulkning yuridik taqdirini belgilashini ham o'z ichiga oladi. Bunday tasarruf etish vasiyatnoma asosida amalga oshiriladi. Biroq, vasiyatnoma qoldirish majburiyat emas balki, subyektiv huquq bo'lib, bu huquqni mulkdor amalga oshirmasligi ham mumkin. Biz ushbu vorislik huquqiga oid o`ziga xos jihatlarni ingliz qonunchiligi misolida ko`rganimizda, bir qancha farqli jihatlar borligini ko`ramiz.