Hayot Faoliyati Xavfsizligi Fanlarini Talabalarga Va Ishchi Xodimlarga O'qitishning Dolzarb Masalalari
Keywords:
maxsus texnikalar, amaliy darslar, faoliyat xavfsizligi, baxtsiz xodisa, statastik tekshiruv, kasb kasalliklari, yo‘riqnoma, innovatsion yondashuv, ta’lim texnologiyasi, baholash me’zoni, mustaqil ta’limAbstract
Bugungi kunda talabalarning bilim darajasini baholash, ularda innovatsion fikrlash tamoyilini shakllantirish va ish joyiga borganda umumiy ko‘nikmani bilgan holda ish rejimiga kirishishini ta’minlash eng muhim masalalardan biri bo‘lib turibdi. Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ish joyiga borganda xodimlarning salomatligi, hayoti va boshqa qonuniy manfaatlarini samarali muhofaza qilish, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etuvchi innovatsion ish rejimini ishlab chiqishda ko‘maklashish ishlarini tashkil qiladigan mutahassis bo‘lishini inobatga olgan holda, ta’limda yangi ta’lim texnologiyalaridan foydalanish davrning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini his qilib turamiz.
Inson faoliyatining xavfsizligi, ish joyida muhofaza qilingan ish bilan bandligini ta’minlash davlat siyosatini, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar davrida qayta ko‘rib chiqish, ular uchun innovatsion echimlar berish eng muhim masalalardan biri bo‘lib qoladi. Ushbu maqolada mehnat jarayonida xavfsizlikni ta’minlash, faoliyat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion muhandislik echimlarini talabalar ongiga singdirish va ularning tahliliy fikrlash qobiliyatini yaratishga asos bo‘luvchi asoslar keltirilgan.