Bugʼdoy Agrotsenozi Tuproq Qatlamlaridagi Sovutli Kanalarning Tarqalishi
Abstract
XIX asrda tabiatda moddalarning davriy aylanishi tirik organizmlar faoliyati bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ilmiy nazariya vujudga keladi. Tuproqshunoslik fanining asoschisi, rus olimi V.V. Dokuchayev tuproqni har xil omillar (iqlim, relef, o‘simlik va hayvonlar) ning tuproq hosil qiluvchi jins bilan o‘zaro ta’sirida vujudga kelgan muhit deb ta’riflaydi. Shunday qilib V.V.Dokuchayev fikricha tuproq maxsus tabiiy va tarixiy tarkib topgan jismdir. Chunki o‘sha davrgacha uchta jins mineral, o‘simlik va hayvonlar borligi to‘g‘risidagi K. Linneyning fikri hukm surar edi. Olimning ishlarida tuproq degan yangi metodologik nazariya ilgari surilgan [1]. Bu metodologiya hozir tizimli yondoshuv nomi bilan ko‘pchilikka ma’lumdir. Lekin olim hayvonlarning tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyatini dastlab nazarga olmagan edi. V. V. Dokuchayev yomg‘ir chuvalchangining tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyati cheklangan degan fikrni ilgari surgan. U tuproq hosil bo‘lishida mikroorganizmlar faoliyatiga e’tiborni ko‘proq jalb etgan [2].