Mizdaxqon nekropoli
Abstract
Qoraqalpog'iston hududiga Islom dini kirip kelishidan oldin ham mahalliy diniy dasturlar bor bo'lganini o'tgan davrdagi keng qamrovli tadqiqot ishlari to'liq isbotladi. Ya'ni bizning zaminimizda ham erta davrlardan e'tiboran o'ziga xos madaniy turmush tarzi shakllangan. Xususan, Janubiy Orol sohillarida yashagan qavmlar daslab har xil mahalliy dinlarga e'tiqod qilgan bo'lsa, eramizdan avvalgi VI asrda bu hududlarga Ahamonyilar mamalakati bostirib kelishi bilan yagona din zardushtiylik diniga aylandirildi. Ayrim manbalarga asoslanadigan bo'lsak zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoning vatani Janubiy Orol sohillari deb yuritiladi. Bunga sabab bo'luvchi yana bir omil sifatida Qoraqalpog'iston hududidagi birqancha zardushtiylik dinining dafn etish joylari - nekropollarning borligini ko'rsatish mumkin.`