O‘ZBEKISTONDA NAQQOSHLIK SAN‘ATI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
Keywords:
san’at, ijod, tarix, fan, naqqoshlik.Abstract
O‘zbek xalqining ko’p asrlik tarixida xalq amaliy bezak san’ati madaniy merosimizning asosiy qismini tashkil etib kelmoqda. O‘zbek diyorida vujudga kelib, gullab yashnagan amaliy san’at turlari bemisil va betakrorligi bilan dunyoga mashhurdir. Bu taraqqiyot bosqichi haqida fikr yuritar ekanmiz, O‘zbek amaliy bezak san’atining kelib chiqishi insoniyatning ilk davri, ya’ni ibtidoiy jamoa davriga borib taqalishining guvohi bo’lamiz.