BUXORO AMIRLIGIDA DAVLAT BOSHQARUV TIZIMI
Keywords:
Buxoro, Amir, Ko’kaldosh, Boshqaruv tizim, Qo’shbegi, TanobAbstract
Bizga ma’lumki XVI asrdan tashkil topa boshlagan O’rta Osiyodagi mustaqil davlatlar ko’p jihatdan bir-biriga o’xshab ketadi. Chunki ular alohida va mustaqil davlatlar bo’lsa-da, bir mintaqada tashkil topayotgan va qardosh xalqlar, qolaversa aholisining asosiy qismi O’zbeklardan, sulola namoyondalari ham asosan shu xalq vakillaridan edi. Ushbu davlatlarning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ma’muriy va boshqa sohalardagi boshqaruv tizimi ham bir-birini takrorlardi. Jumladan davlat boshqaruvi tizimida ham. Ushbu maqolada Buxoro amirligida davlat boshqaruv tizimi, uning xususiyatlari, tarixiy ildizlari va sulolaga tegishli bo’lgan qimmatli ma’lumotlarni adabiyotlardan foydalangan holda keng yoritiladi.