Tokarlik dastgohi bikrligini to‘g‘ri va teskari surish usuli bilan aniqlash
Abstract
Elastik tizim (dastgoh-moslama-asbob-detal) elementlariga kesish kuchi ta’sir etishi natijasida, shu texnologik tizimning deformasiyalanishi sodir bo‘ladi. Shu tizimni deformasiyalanishini chaqiruvchi kuch ta’siriga tizimni qarshilik ko’rsata olish qobiliyati, uning bikirligini tavsiflaydi. Ishlov berish aniqligiga ko’pincha tizimning shunday deformasiyasi ta’sir ko‘rsatadiki, qaysiki, asbob kesuvchi qirrasi va ishlanuvchi yuza oralig’idagi masofani o‘zgartiradi, ya’ni ishlanuvchi yuzalarga normal yo‘naltirilgan deformasiyalar ta’sir etadi.
Tokarlik dastgohi bikrligini ishlab chiqarish usulida aniqlash – keskichni kesish chuqurligini o‘zgatirmasadn turib to‘g‘ri va teskari surish usuli bilan amalga oshiriladi.