Pragmatika Va Pragmalingvistika: Muhim Aspektlari Va O‘Rganilish Sohalari
Keywords:
pragmatika, pragmalingvistika, pragmatikAbstract
Maqolada pragmatika va pragmalingvistika haqida ma’lumot berilgan. Pragmatika va pragmalingvistika bir biriga nisbatan qiyoslanib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari keltirilgan. Maqolada pragmatika va pragmalingvistikaning aynan bir fan yoki bir fan doirasidagi soha, yo‘nalish emasligi misollar yordamida yoritib berilgan. Pragmatika va pragmalingvistika o‘z ichiga nimalarni qamrab olishi va nimalarni o‘rganishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Pragmalingvistikaning o‘rganish obyekti xususida ish olib borilgan. Pragmatika va lingvopragmatikani o‘rganishda jahon tajribasiga tayangan holda shu soha bo‘yicha ish olib borgan olimlarning fikrlari ham keltirilib o‘tilgan. Bundan tashqari maqolada semantika va sintaktika haqida ham ma’lumot berilib, pragmalingvistikaning semantika va sintaktika bilan chambarchas bog‘liqligi, uzviy aloqasi va farqli jihatlari misollar yordamida yoritib berilgan. Shuningdek, bugungi kunda pragmalingvistikaning o‘rgnilish masalalariga ham e’tibor qaratilib, pragmalingvistikani o‘rganishni yangi bosqichga ko‘tarish kerakligi, dolzarb bo‘lgan muammolari haqida ham fikr va mulohazalar bildirilgan.