Malikaday Ulug‘Vor, Onaday Mehrli
Keywords:
badiiy qiyoslar, peyzaj, she’riy obrazlar, ruhiyat manzaralari, lirik qahramonAbstract
Ushbu maqolada yorqin rassom, o‘quvchi qalbini his qila oladigan munis ayol, yurti, Vatani uchun qadrli ulug‘vor qalb egasi, yelkasiga tog‘dek yukni ortgan buyuk Sharq ayoli Zulfiyaxonimning she’riyatida qo‘llangan yurtga, onaga, tabiatga bo‘lgan badiiy qiyoslar tahlilga tortilgan. Shu bilan birga, Zulfiya bilan zamondosh o‘zbek shoirasi, o‘tkir zehn va ko‘ngil mulki sohibasi, xalqiga, eliga onaday mehrli va mahbub o‘rtoq – Oydin Hojiyevaning ham huddi shu mavzuga mansub she’rlari qiyos usulida tahlilga tortildi. Maqolada she’riy obrazlarning turli xil turini uchratamiz.