ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA AYOL QISMATI TALQINI

Authors

  • Muazzam Dedаxаnovа Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti muazzam@gmail.com
  • Shuhrat Tagaev Kolumbiya universiteti Pedagogika fakulteti doktoranti

Abstract

Mazkur maqolada xotin-qizlarning qadr-qimmati, erki, jamiyatdagi o‘rni masalasi xususida soʻz boradi. Hayotda ayollarning o‘z o‘rnini topa olish-olmasligi ulardagi jasorat, o‘ziga nisbatan ishonch, sabr-toqat kuchli bo‘lishi bilan bog‘liq.  Ayol qismati erkak taqdiriga nisbatan ancha murakkab. Islomiy tarbiyaga muvofiq bir qizni ehtiyot qilib voyaga yetkazish va munosib yigitga turmushga berish ham juda mas’uliyatli, jiddiy masala. Chunki qiz oila sha’ni, or-nomusi hisoblanadi. Tarixda ayollar haq-huquqiga ko‘p cheklov qo‘yilishi oqibatida, ular og‘ir sharoitda hayot kechirdi. Biroq bugungi globallashuv jarayonida xotin-qizlarga qancha ko‘p imkoniyat yaratilmasin, hozir ham dangasalik va boylik ilinjida noto‘g‘ri yo‘lni tanlab, hayoti izdan chiqayotgan qizlar yo‘q emas. Abdulla Qahhorning “Dahshat”, “Maston”, “Nurli cho‘qqilar” kabi hikoyalari misolida ushbu masalaga to‘xtalib o‘tiladi. Bu orqali “adabiyot – hayot darsi, uni o‘qish katta tajriba, hayotiy saboq beradi”, deya baxtli kelajakka erishish uchun hayot sinovlariga yuzaki qaramaslikka chaqiriladi.

Downloads

Published

2024-06-04

How to Cite

Muazzam Dedаxаnovа, & Shuhrat Tagaev. (2024). ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA AYOL QISMATI TALQINI. Miasto Przyszłości, 49, 554–557. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/3937