Lizing Operatsiyalarini Amalga Oshirishning Xorij Tajribasi
Abstract
Maqola mavzusining asoslanganligi va uning bugungi kundagi dolzarbligi. Bugungi globallashuv zamonida dunyoning barcha davlatlarida bo‘lgani kabi Oʻzbekiston Respublikasida ham iqtisodiyotni raqamlashtirishda banklarning kapitallashuvi darajasini oshirish, ularning barqarorligini ta’minlash maqsadida 2020-yil 12-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” gi 5992-sonli Farmoni qabul qilingan. Ushbu strategiyada bank xizmatlari sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirishda aynan lizing amaliyotlarini rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishda iqtisodiy samarador moliyaviy vositachilik va mahsulotlarini taklif qilish imkoniyatiga ega lizing kompaniyalarini tashkil etish zarurligi ham koʻrsatib oʻtilgan.