Andijon Turk-Barloslari Shevasining O‘Ziga Xos (Fonetik, Leksik Va Morfologik) Xususiyatlari

Authors

  • Anarbayeva Marifatxon Murodiljonovna Alfraganus University O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Keywords:

leksika, sheva, mintaqa, chigil, qoraxoniy, uyg’ur, oʻzbeklar, tojiklar ruslar, qirg‘izlar, infratuzilma, lahja, meros, madaniy, adabiy

Abstract

O‘zbek tilining Andijon turk-barloslari shevasida unli fonemalarning tilning gorizontal harakati bilan belgilanuvchi kontrast juftlari bor va shu sababli singarmonizm qonuniyati ma’lum darajada saqlangan. Bu shevada qo‘llaniladigan unli fonemalar miqdori o‘zbek adabiy tili alfavitidagi hamda Fargʻona vodiysining Namangan, Margʻilon, Fargʻona va Qo‘qon shahar shevalari va Toshkent, Samarqand, Buxoro shevalaridagi unlilar miqdoridan ko‘pdir. Bu holat adabiy til orfografiyasi bilan Andijon turk-barloslari shevasi o‘rtasida ziddiyat uncha sezilmaydi, balki orfografiyada yo‘q unli fonemalarni sheva vakillari o‘z talaffuzlari asosida o‘qib, matnni erkin tushunaveradilar.

So‘z yuritilayotgan shevaning leksik qatlami adabiy tilning leksik qatlamidan keskin farq qiladigan darajada emas, mavjud fonetik, leksik, va grammatik tafovutlar esa nutq jarayonida fikr olishuviga mutlaqo ta’sir etmaydi. Aksincha, ularning bazilari adabiy tilni boyitishga xizmat qilishi tabiydir.

Downloads

Published

2024-10-08

How to Cite

Murodiljonovna, A. M. . (2024). Andijon Turk-Barloslari Shevasining O‘Ziga Xos (Fonetik, Leksik Va Morfologik) Xususiyatlari. Miasto Przyszłości, 53, 231–233. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4797