ALLERGIK OFTALMOPATOLOGIYALARDA OLOPATADIN GIDROXLORID 0.1% TARKIBLI KO’Z TOMCHISINI SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Authors

  • Sarvarxon Akmaljon o‘g’li Yuldashov Toshkent tibbiyot akademiyasi Odam anatomiyasi va OXTA kafedrasi doktoranti. Toshkent. O‘zbekiston
  • Abdulxamid Ma’rufjon o’g’li Sodiqov Respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi ordinatori Toshkent. O’zbekiston

Abstract

Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (BJSST) tomonidan oxirgi 10 yil davomida o’tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar statistik xulosasi, allergik kasalliklar chastotasining global o'sishini qayd etdi [1,7]. Jahon allergiya tashkiloti (JAT)ning rasmiy bayonotiga ko’ra, hozirda umumiy allergozlar miqdori 3 barobar, xususan allergik oftalmopatologiyalar uchrashi 25% gacha ko’paygan [2,4]. Allergik ko'z kasalliklarining immunopatogenetik asosini gistamin (H) retseptorlari faollashishi va semiz hujayralarning degranulyatsiyasi tashkil qiladi [5,9,12]. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi – oftalmologiya amaliyotida nisbatan yangi topikal antiallergik preparat - olopatadin gidroxlorid (Olopatadin 0.1% ko'z tomchisi) bo'yicha mavjud ilmiy adabiyotlarni ko'rib chiqish va tahlil qilish, shuningdek, klinik tadqiqot orqali Olopatadin 0.1% eritmasi preparatining samaradorligini baholash. Laboratoriya sharoitida allergik model sifatida tanlangan tadqiqot natijalariga ko’ra, quyonlarda maxsus allergenlar (masalan: gistamin allergik mediatori) yordamida chaqirilgan konyunktival allergik simptomlarning deyarli barchasi (konyunktiva giperemiyasi, ko'z yoshlanish, qovoqlarning shishishi, qizarish va ximozi) qisqa vaqt davomida bartaraf bo’lgan [1,3,6]. Hayvonlarda olib borilgan bu turdagi tadqiqotlarda olopatadin gidroxlorid eritmasi bir vaqtning o’zida ham antigistamin xususiyatga ham semiz hujayralarning membrana stabilizatori xususiyatiga ega ekanligi tasdiqlangan [8,10,11].

Downloads

Published

2024-10-06

How to Cite

Sarvarxon Akmaljon o‘g’li Yuldashov, & Abdulxamid Ma’rufjon o’g’li Sodiqov. (2024). ALLERGIK OFTALMOPATOLOGIYALARDA OLOPATADIN GIDROXLORID 0.1% TARKIBLI KO’Z TOMCHISINI SAMARADORLIGINI BAHOLASH . Miasto Przyszłości, 53, 645–649. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4901