ZAMONAVIY DUNYODA RUS TILI: ROLI VA AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy dunyoda rus tilining roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Rus tili xalqaro maydonda, ayniqsa, sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida keng qo‘llanilayotgan yetakchi tillardan biri hisoblanadi. Maqolada rus tilining xalqaro siyosat, madaniyat, ilm-fan va iqtisodiyot sohalaridagi ahamiyati, uning internet va globallashuv jarayonidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, rus tilini o‘rganishdagi qiyinchiliklar va tilning kelajakdagi istiqbollari ham yoritiladi.