O‘zbekistonda Bir Qancha Jinoyat Sodir Etish: Nazariy va Amaliy Jihatlar
Keywords:
jinoyat huquqiAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Umumiy qismidagi VIII bob – "Bir qancha jinoyat sodir etish"ning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etildi. Bir nechta jinoyatlarni sodir qilish tushunchasi, ularning huquqiy xususiyatlari, va tegishli norma tamoyillari va ularning jinoiy huquqiy tasniflanishi yoritiladi. Jumladan, bir qancha jinoyatlarni amalga oshirishning asosiy sabablari, bunday jinoyatlarning yuridik oqibatlari hamda javobgarlik darajasini aniqlash mezonlari, va ularning jinoyat qonunchiligi doirasidagi maxsus tasnifi bayon etildi. Maqolada har bir jinoyat turining o‘ziga xosligi va ular o‘rtasidagi chegaralash mezonlari tahlil etiladi, bu esa qonun hujjatlaridagi mavjud farqlar va ularning nazariy asoslarini o‘rganish imkonini ochadi. Tadqiqot jarayonida mahalliy va xorijiy jinoyat kodekslari, xalqaro tajriba va yuridik nazariya tahlil etilib, amaliy natijalar asosida kelgusida qonun hujjatlariga taklif va tavsiyalar ishlandi. Maqola huquqshunos olimlar, mutaxassislar, hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun qimmatli bo‘lib xizmat qiladi va ular jinoyat huquqiy tartibga solish mexanizmlarini samarali qo‘llashda yordam ko’rsatadi