Surunkali Yiringli O`Rta Otitning Kechishi Va Davolash Usullariga Zamonaviy Yondashuv
Abstract
O‘rta quloqning surunkali yallig‘lanishi juda keng tarqalgan kasallikdir. Ushbu kasallik hozirgi vaqtda bolalarda LOR patologiyasi orasida 13,2%ni tashkil etadi. Surunkali yiringli o‘rta otit (SYO‘O) oqibatida eshitish qobiliyatini yo‘qotish va patologik jarayonning ichki quloqqa va hatto bosh miyaga tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan xavfli asoratlar rivojlanishi mumkin. Natijada yuz nervi parezi, labirintit, meningit, sigmasimon sinus trombozi, otegen bosh miya va miyacha abssesslari yuzaga kelishi mumkin. Yurtimizda xam surunkali yiringli o‘rta otit o‘rganishda bir qancha ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan.