Mis-Qo‘Rg‘Оshin-Ruхli Rudаlаrini Kоllеktiv-Sеllеktiv Sхеmа Bo‘Yichа Boyitish Texnologiyasi
Keywords:
Minеrаl, sеlеktiv flоtаtsiya, kоllеktiv-sеllеktiv sхеmа, dеsоrbtsiya, qismаn kоllеktiv–sеlеktiv flоtаtsiyaAbstract
O‘zbekiston o‘z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay geografik strategik mavqega ega bo‘lib, tabiiy xom ashyo resurslari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rindan birini egallaydi. Hozirgi kunda turli foydali qazilma konlari va ma’dan mavjud bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangani va bu borada keng ko‘lamda ilmiy tadqiqot izlanish ishlari jadallashib borayotganining o‘zi ham bu yurt kelajagining buyukligidan dalolat beradi. Bugungi kunda 100ga yaqin mineral xom ashyo turlari izlab topilgan va tasdiqlangan zaxiraga kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi yer osti va usti boyliklarining ko‘pligi, shuningdek mis, qo‘rg‘oshin, rux, oltin, kumush, volfram, yonuvchi gazlar va boshqa ayrim foydali qazilmalar bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Shu bilan birga mamlakatda tuzlar, alyuminiy xom ashyosi, turli yaltiroq va qimmatbaho toshlar, nodir va kamyob metallar zahirasi ham ko‘plab aniqlangan.