Kurashchining Harakat Faoliyatiga O‘Rgatish Jarayonini Takomillashtirishda Texnik-Taktik Mahoratini Shakllantirish Tamoyillari

Authors

  • Safoyev Hasan Aminovich BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakulteti “Sport faoliyati” kafedrasi dotsenti

Abstract

So‘ngi paytlarda sport kurashi amaliyotida va adabiyotida “texnik-taktik mahorat” atamasi keng qo‘llanilmoqda. Sport kurashi texnikasi deganda tor ma’noda kurashchiga g‘alaba keltiradigan harakatlarni bajarishning eng oqilona uslublari tushuniladi. Bunda kurashchilarning alohida xususiyatlaridan qatiy nazar, ularga xos bo‘lgan biomexanik va fiziologik qonuniyatlarga tayanadigan harakatlar texnika asosini tashkil qiladi. Sportda taktika deganda yuqori sport natijasiga erishish va raqib ustidan g‘alaba qozonishning hamma usullari hamda shakllari tushuniladi. Taktika bir qator omillar kompleksidan tashkil topadi: tayyorgarlikning kuchli tomonlari va raqib kamchiliklaridan foydalanish, texnikani egallashdagi alohida xususiyatlar, chalg‘ituvchi harakatlar bilan raqibni aldash, bellashuvdagi qulay vaziyatlarda ta’sirli usullarni qo‘llash, kuchni tejamkorlik bilan sarflash, qoidalarda belgilangan imkoniyatlarni, gilam maydonini, o‘zining morfologik hamda fiziologik qobiliyatlarini aniq yuzaga chiqarish va h.k.

Downloads

Published

2024-12-18

How to Cite

Aminovich, S. H. (2024). Kurashchining Harakat Faoliyatiga O‘Rgatish Jarayonini Takomillashtirishda Texnik-Taktik Mahoratini Shakllantirish Tamoyillari. Miasto Przyszłości, 55, 1014–1019. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/5786