IQTISODIY MUAMMOLARNI HAL QILISHDA BARQARORLIKNI TA'MINLASHNING MUHIM SHARTLARI
Abstract
Iqtisodiy tizim barqarorligini ta’minlash mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi davrdagi muhim muammosi hisoblanadi. Iqtisodiy tizim barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni pisand qilmaslik iqtisodiy va ijtimoiy nomutanosibliklarning kuchayishiga, ishlab chiqarish pasayishining jadallashishiga, ishsizlikning oshishiga, inflyatsiya va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Maqolada shu kabi masalalarning nazariy-metodologik jihatlari muhokama etiladi.