Maktab O’quvchilarida Sport Bilan Shugʼullanishning Jismoniy Ko‘Rsatkichlarga Ijobiy Ta’siri
Keywords:
jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlikAbstract
Ushbu maqolada 6-sinf sport bilan shug'ullangan o'quvchilar va nazorat guruhining jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik va chaqqonlik ko'rsatkichlari o'rtasidagi farqlar tahlil qilinadi. Tadqiqotlar Andijon shahridagi Olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi va Baliqchi tumanidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari orasida o'tkazilgan. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, sport bilan muntazam shug'ullanish o'quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va chaqqonlik ko'rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Sport faoliyati orqali o'quvchilarning tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini shakllantirishning ahamiyati va samaralari taqdim etiladi.