Deviant Xulq-Atvorli Bolalarni Ijtimoiy Moslashuv Jarayonida Psixologik Yondashuvlar
Keywords:
deviant xulq-atvor, ijtimoiy moslashuv, psixologik yondashuv, individual terapiyaAbstract
deviant xulq-atvorli bolalarning ijtimoiy moslashuv jarayonida qo‘llaniladigan psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Deviant xulq-atvorning kelib chiqish sabablari, ularni aniqlash va bartaraf etish usullari, shuningdek, bolalar bilan individual, guruhiy va innovatsion texnologiyalar asosida ishlash metodlari yoritilgan. Oilaviy va ijtimoiy muhitning bola xulq-atvoriga ta’siri hamda psixologik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Maktab va jamoa dasturlarining ijtimoiy moslashuvga ta’siri va zamonaviy psixologik terapiya usullarining samaradorligi ilmiy asoslar bilan keltirilgan. Maqola deviant xulq-atvorli bolalarni ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.