Qayta Jihozlangan Avtomobillarning Umumiy Tavsifi Va Qo‘L Boshqaruvi Tizimlari
Keywords:
qayta jihozlangan avtomobillar, qo‘l boshqaruvi tizimlari, nogiron haydovchilarAbstract
Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan qayta jihozlangan avtomobillar va ularda qo‘llaniladigan qo‘l boshqaruvi tizimlari tahlil qilinadi. Avtomobil boshqarish imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mexanik, elektron va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida xalqaro va mahalliy standartlar tahlil qilinib, qo‘l boshqaruvi tizimlarini baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, ergonomik qulaylik, xavfsizlik va ishonchlilik mezonlariga asoslangan yangi texnologik yondashuvlar muhokama qilinadi. Maqola natijalari nogironligi bo‘lgan shaxslarning transport vositalariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va avtomobilni yuqoridagi shaxslarga moslashtiruvchilarga innovatsion yechimlarni taklif etishga qaratilgan.