O‘Zbek Tili She’riy Matnlarida Til Birliklarining Semantik-Uslubiy Xususiyatlari

Authors

  • Sindarov Kaxramon Tolliboyevich Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Keywords:

sinonim

Abstract

Ushbu maqola hozirgi kunda she’riy matn tilini tilshunoslikning stilistika, pragmatika sohalari nuqtayi nazaridan o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etayotganini yoritadi. She’riy matn tili nafaqat muallifning uslubiy xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi, balki davr ruhini, ijtimoiy muhitni va madaniy kontekstni ham tushunishga imkon yaratadi. Shu sababdan, zamonaviy o‘zbek tilshunosligida badiiy asar tilini, xususan, she’riy asarlar tilini fonetik, leksik, grammatik va uslubiy jihatdan tahlil qilish muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. She’riy matn tilining o‘ziga xosligi shundaki, u keng obrazlilik, chuqur ma’no va ta’sirchanlik bilan ajralib turadi. Shuning uchun bu turdagi matnlarni lingvistik jihatdan o‘rganish, ularning ichki tuzilishini, poetik vositalar yordamida qanday ma’no uzatayotganini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Til o‘zining ta’sir etish vazifasini aynan badiiy adabiyotda namoyish etadi. Adabiyot esa so‘z san’ati bo‘lib, unda til vositalaridan san’atkorona foydalanishgina asarning badiiy barkamolligini ta’minlaydi, ijodkorning mahoratini belgilaydi. Shuningdek, maqolada she’riy tilning o‘ziga xos fonetik, morfologik, sintaktik va semantik jihatlari ham tahlil qilinadi. She’riy matn tilshunoslik va adabiyotshunoslik chorrahasida turuvchi hodisa bo‘lib, uning lingvistik va uslubiy imkoniyatlarini o‘rganish bugungi ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Bundan tashqari, maqolada she’riy matnning estetik ta’siri, uning o‘quvchi tafakkuriga ko‘rsatadigan ta’siri, hissiy va ma’naviy o‘ziga xos jihatlari ham atroflicha yoritiladi. She’riy matn orqali ifoda etilgan fikrlarning mantiqiy va poetik tizimi ham muhim tadqiqot obyekti sifatida qaraladi.

Downloads

Published

2025-04-05

How to Cite

Sindarov Kaxramon Tolliboyevich. (2025). O‘Zbek Tili She’riy Matnlarida Til Birliklarining Semantik-Uslubiy Xususiyatlari. Miasto Przyszłości, 59, 11–15. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/6268