Matn Va Hajviy Matn Tushunchasining Mohiyati

Authors

  • Usmonov Aslam Karshiboyevich f.f.f.d. (PhD), Qodiriy nomli Jizzax DPU o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v.b.

Keywords:

Yumor

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida matnning turli jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar tahlil qilingan. Jumladan, A.G‘ulomov, M.Asqarova, I.Rasulov, A.Mamajonov, M.To‘xsonov, N.Turniyozov, M.Xakimov, E.Qilichev, M.Abdupattoyev, M.Yo‘ldoshev, M.Qurbonova, S.Maxsumova, H.Turdiyeva kabi olimlar matnning semantik, grammatik, stilistik va pragmatik xususiyatlari borasida ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Ularning izlanishlarida asosan badiiy matn tadqiqot obyekti sifatida qaralgan. Badiiy matnlarning semantik tuzilishi, grammatik qurilishi, stilistik xususiyatlari va pragmatik maqsadlari muhim tadqiqot yo‘nalishlari bo‘lib kelgan. O‘zbek tilshunosligida hajviy matn alohida til hodisasi sifatida asosan XX asrning ikkinchi yarmiga kelib ilmiy izlanishlar markaziga aylangan. Ushbu matn turi 2000-yillar davomida stilistik jihatdan tadqiq etilgan bo‘lsa-da, hali ham tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari asosida chuqur o‘rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Hajviy matnning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlarini, ularning tuzilishi, uslubiyati hamda kommunikativ vazifalarini keng qamrovda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada hajviy matnlarning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlari, ularning semantik-pragmatik jihatlari hamda kommunikativ funksiyalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu matn turining bugungi tilshunoslikdagi o‘rni va ahamiyati, uning o‘rganilish istiqbollari haqida ham fikr yuritiladi. Hajviy matnlarning tahlili ularning jamiyatdagi o‘rni va ta’sirini tushunishga ham xizmat qiladi. Mazkur tadqiqot orqali hajviy matnlarning o‘zbek tilshunosligidagi mavqei kengaytirilishi va zamonaviy tilshunoslik metodlari asosida tahlil qilinishi maqsad qilingan.

Downloads

Published

2025-04-05

How to Cite

Usmonov Aslam Karshiboyevich. (2025). Matn Va Hajviy Matn Tushunchasining Mohiyati. Miasto Przyszłości, 59, 16–20. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/6269