Ish Joylarida Sun’iy Intellektning Huquqiy Maqomi Va Xodimlarga Ta’siri
Keywords:
texnologiyaAbstract
XXI asrning birinchi choragi o‘zi bilan texnologiyalar asrining yangi, sun’iy intellekt va robotlar deb nomlanuvchi qismi bilan kirib keldi. Jahon va mamlakatlar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida vujudga kelayotgan munosabatlar bundan 10-15 yil oldingi aynan shu turdagi munosabatlardan tubdan farq qilmoqda. Birgina mehnat munosabatlarini, ish joylaridagi holatlarni olib qaraydigan bo‘lsak, bu yerda boshqa bir ishtirokchi, sun’iy intellekt va robotlar paydo bo‘ldi. Bu holat o‘z o‘rnida ularning huquqiy maqomi, harakati va ulardan foydalanish natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarga nisbatan javobgarlik masalalarining qay yo‘sinda yechilishi lozimligini aniqlash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Biz mazkur ilmiy tadqiqotimiz davomida ish joylarida sun’iy intellekt va robotlardan foydalanish talablari, ularning xodimlarga nisbatan “huquq” va “majburiyat”lari, uni ta’minlash choralarini ishlab chiqishning ahamiyati xususida so‘z yuritamiz.
Ushbu ilmiy maqolada nafaqat tartibga soluvchi yangi huquqiy normalarni yaratish, balki bugungi kunda jamiyat hayotida mavjud har qanday munosabatlar jarayonlarini belgilab beruvchi qonun hujjatlaridanoqilona foydalanish lozimligi ta’kidlanadi. Insonlar o‘rtasidagi munosabatlar tartibini huquqiy jihatdan belgilab beruvchi huquqiy tizimlarni sun’iy intellekt va robotlarga tadbiq qilishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish ham mazkur tadqiqotimiz maqsadidir.