Web Dasturlashni Interaktiv Platformalar Yordamida O‘Qitishning Afzalliklari Va Kamchiliklari
Keywords:
web dasturlashAbstract
Ushbu maqolada web dasturlashni interaktiv platformalar yordamida o‘rgatishning afzalliklari va kamchiliklari tizimli ravishda tahlil qilingan. Maqolada interaktiv ta’lim texnologiyalarining pedagogik asoslari, mavjud o‘quv platformalari (Code.org, FreeCodeCamp, Replit, Codecademy) va ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va xalqaro tajribalar solishtirilgan holda ko‘rib chiqilgan. Amaliy kuzatishlar asosida interaktiv platformalar orqali ta’lim olayotgan o‘quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyati, motivatsiyasi va o‘zlashtirish darajasining yuqoriligi aniqlangan. Shu bilan birga, texnik cheklovlar, til muammolari va o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi kabi omillar ushbu platformalarning samaradorligiga ta’sir qilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola yakunida metodik tavsiyalar va kelajakdagi tadqiqotlar uchun istiqbolli yo‘nalishlar keltirilgan.