Hissiy Charchoq Sindromi Fenomenini Tadqiq Etishning Ilmiy-Nazariy Asoslari
Keywords:
FenomenAbstract
Jahonda pedagoglarga qo‘yilayotgan ijtimoiy talablar, jamiyatda ish va hayot tarzining tez sur’atlarda rivojlanishi, inson hayoti va ruhiyatiga ta’sir ko’rsatayotgan bosimlar natijasida hissiy charchoq sindromi yuzaga kelishi holati tobora ortmoqda. Shu sababdan pedagoglar hissiy charchoq sindromini tadqiq etish orqali uning oldini olish dolzarblik kasb etadi, zaruriy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish va bartaraf etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish zarurati yuzaga keladi.Ushbu maqolada pedagoglarda yuzaga keladigan hissiy charchoq sindromi va uning nazariy asoslari tizimli yondashuv asosida yoritib beriligan.