Elektron Hukumatning Samaradorlik Omillari Va Raqamli Xizmatlar Infratuzilmasining Rivojlanish Tendensiyalari
Keywords:
Elektron hukumatAbstract
Ushbu maqolada zamonaviy davlat boshqaruvi tizimida elektron hukumatning tutgan o‘rni, uning samaradorligini belgilovchi asosiy omillar va raqamli xizmatlar infratuzilmasining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Elektron hukumat tizimining tashkiliy-huquqiy, institutsional va texnologik asoslari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi roli yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda raqamli xizmatlar ko‘lamining kengayishi, mavjud infratuzilmaviy imkoniyatlar, shu bilan birga tizimda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar bilan solishtirma tahlillar orqali elektron hukumat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.