Axborot-Kutubxona Sohasini Rivojlantirishning Ustuvor Yo‘nalishlarini Hal Qilish Bo‘yicha Asosiy Vazifalar

Authors

  • Mannonov Yusup Otahanovich

Abstract

Muallifning maqolasida kitob va kutubxonashunoslikka oid fikrlar, kitobning shaxsni tarbiyasidagi roli va ahamiyati, O‘zbekistonda Axborot-kutubxona sohasidagi islohotlar, kutubxonachilikning rivojlantirishdagi asosiy vazifalar berilgan. Sohaga oid chiqarilgan qonun va qarorlar, ularning amaliyotga tatbiqi, amalga oshirilgan ishlar yoritilgan. Maqolaning asosiy mazmuni Axborot- kutubxona sohasini rivojlantirishning asosiy vazifalari, ustuvor yo‘nalishlarini hal qilish bo‘yicha bir qator muhim fikrlar berilgan. Jumladan bugungi kun talablarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanishining ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash maqsadida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish; eng yangi, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, korporativ tizimlarni rivojlantirish; axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish; jamiyatning axborot madaniyatini, milliy tarix va madaniyatga qiziqishini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va targ‘ib qilish;axborot-kutubxona muassasalarini malakali xodimlar bilan ta’minlash; axborot-kutubxona xizmatlarining yangi, shu jumladan, pulli turlarini joriy etish va rivojlantirish; foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona fondlarini shakllantirishga yondashuvlarni   takomillashtirish, fondlarni to‘ldirish, ularni jamlash; bolalar, o‘smirlar va yoshlarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish orqali aholining media savodxonligini yuksaltirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirilish batafsil yoritilgan. Maqolada belgilangan masalalarni hal etish Axborot-kutubxonachilik sohasida muvaffaqiyatlarga erishishda albatta o‘z samarasini beradi.

Downloads

Published

2022-10-28

How to Cite

Mannonov Yusup Otahanovich. (2022). Axborot-Kutubxona Sohasini Rivojlantirishning Ustuvor Yo‘nalishlarini Hal Qilish Bo‘yicha Asosiy Vazifalar. Miasto Przyszłości, 28, 379–386. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/658