UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA CHET TILI O‘QITISHNING LINGVODIDAKTIK MASALALARI

Authors

  • Kiyamova Maxbuba Turon universitet, dotsent

Keywords:

lingvodidaktika, til aspektlari, kommunikativ kompetensiya, kompetensiyaviy yondashuv, tizimli yondashuv

Abstract

Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim tizimida chet tili o‘qitishning lingvodidaktik masalalari atroflicha tahlil qilingan. Uzluksiz ta’lim tizimida (umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari) o‘quvchilarning chet tili fanini mukammal o‘zlashtirishida uzviylikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekanligi keng yoritilgan. Hozirgi kunda o‘quvchilarning chet tili fanidan bilim darajasini yuqori darajaga ko‘tarish, shu bilan birga  o‘quvchilarning chet tilida erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, yoshlarda ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirish va  ta’limni uzviylikda olib borish  muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada yoritilayotgan masala  o‘quvchilarning chet tilidagi  savodxonligini oshirish va  til  o‘rganuvchilarning tilga oid ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi. Uzluksiz ta’lim tizimida chet tili o‘qitish jarayonida rovon kommunikativ  muloqotga erishish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Chet tili o‘qitishning lingvodidaktik masalalaridan biri kommunikativ  muloqatni rivojlantirishdir. Chet tili o‘qitishning lingvodidaktik masalalarini rivojlantirish chet tilini mukammal o‘rganuvchilar va o‘rgatuvchilar uchun amaliy ahamiyatga ega.  

Downloads

Published

2025-06-11

How to Cite

Kiyamova Maxbuba. (2025). UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA CHET TILI O‘QITISHNING LINGVODIDAKTIK MASALALARI . Miasto Przyszłości, 61, 167–171. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/6610

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.