DAVLAT XİZMATLARİNİ KO`RSATİSHNİ TARTİBGA SOLİSH VA RİVOJLANTİRİSH
Abstract
Bugungi zamonaviy dunyoda davlat xizmatlari tizimi fuqarolarning hayot sifatini oshirish va davlat boshqaruvini samarali tashkil etishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, davlat xizmatlarini tartibga solish va ularni doimiy ravishda rivojlantirish masalasi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Mamlakatimizda davlat xizmatlari sohasi bo`yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan “Elektron hukumat” tizimi joriy qilinib, xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Ammo tizimni modernizatsiya qilish va xalqaro tajribalarni moslashtirish orqali aholiga qulaylik yaratish imkoniyatlari hali keng.
Shunday ekan, davlat xizmatlarini takomillashtirishda xorijiy tajribani o‘rganish, milliy modelni yaratish va aholini yanada sifatli xizmatlar bilan ta'minlash ustuvor vazifa sifatida qaraladi. Ushbu maqolada davlat xizmatlarini tartibga solish, rivojlantirish yo‘nalishlari, xorijiy tajribalarni o‘rganish va milliy tizimni takomillashtirishning asosiy bosqichlari haqida fikr yuritiladi..