Sharq Va G‘Arb Adabiyotida Ota Va Farzand Munosabatlari: “Layli Va Majnun” Hamda “Qirol Lir” Asarlari Asosida Tahliliy Qarash
Keywords:
fojeaAbstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni hamda Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” tragediyasi asosida Sharq va G‘arb adabiyotida ota va farzand munosabatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Asarlarda sadoqat, tushunmovchilik, ichki iztirob va kech anglangan haqiqat kabi motivlar tahlil etilib, ularning axloqiy va estetik mazmuni yoritiladi. “Layli va Majnun”da ichki fidoyilik va ruhiy yuksalish, “Qirol Lir”da esa ochiq ziddiyat va fojea orqali ota-farzand rishtalari yoritilgan. Tadqiqot natijasida ushbu mavzuning har ikki madaniyatda qanday talqin etilishi ko‘rsatilgan.