VAZOMOTOR RINIT TASHXISOTIDA KOMPLEKS ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Keywords:
Vazomotor rinitAbstract
Ushbu maqolada burun orqali nafas olish buzilishining keng tarqalgan sababi hisoblangan vazomotor rinitning (VMR) ikki asosiy shakli — allergik va neyrovegetativ turlari klinik, laborator va instrumental usullar yordamida o‘rganilgan. Tadqiqot 2024–2025 yillarda "Buxoro LOR Med Center" klinikasida o‘tkazilib, 50 nafar bemor ishtirok etgan. Klinik tekshiruvlar, burun endoskopiyasi, rinomanometriya, kompyuter tomografiyasi va laborator tahlillar asosida tashxis qo‘yish yondashuvlari tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, 64% bemorda allergik shakl, 36% bemorda esa neyrovegetativ shakl aniqlangan. Allergik shakl uchun qon tahlilida eozinofillar sonining ortishi, neyrovegetativ shaklda esa simptomlarning tashqi omillarga bog‘liqligi diagnostik mezon sifatida foydali ekani ko‘rsatildi. Maqolada VMR shakllarini to‘g‘ri aniqlash uchun kompleks yondashuv zarurligi, tashxisda aniqlik bemorga mos davolashni tanlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan.